Zamiokulkas zamiifolia
Zamikolkas - aroidlar oilasining yana bir vakili. Vatani - Madagaskar oroli. Yagona Zamioculcas zamiifolia turi ma'lum. Doimiy yashil xona gullari sirasiga kiradi. Ayrimlar aynan shu o'simlikni Dollar gul deb ham atashadi. Xonaki sharoitda o'stirilganda balandligi 1-1.5 metrga yetishi mumkin. Barglari sersuv, o'simlik tanasi bo'ylab bir tekis simmertik ravishda joylashadi. Barglarning ustki qismi yaltirab turishi bilab ajralib turadi. Kerakli sharoitlar yaratib berilsa xonaki sharoitda ham gullaydi.
Gullari oqish rangda bo'ladi. O'sish sur'ati sekin, yiliga 2-3 ta barg chiqaradi. Aytaylik 80 sm balandlikka ega 3-4 shoxli gul o'stirish uchun taxminan 4-5 yil ketadi. Shuning uchun ham zamikulkas gul do'konlarida nisbatan qimmat narxlarda sotiladi.
Parvarish qilish
HARORAT
Yozda o'simlikni mo'tadil 18-24 daraja haroratda saqlash zarur. O'simlik 28 darajadan yuqori haroratni agar xona shamollatilmasa yahshi qabul qilmaydi. Yozda honalarni ko'proq shamollatish yoki o'simlikni ayvonga yoki balkonga chaiqarib qo'ysangiz ayni muddao. Qishda 16-18 daraja o'simlik uchun ayni muddao xisoblanadi. Lekin xaroratni 12 darajadan tushirib yubormaslik juda muxim.
YORUG'LIK
Zamiokulkas uchun yorug', quyosh nuri yoyilib tushadigan joy juda ma'qul. Iloji bo'lsa ertalab yoki kechki payt quyosh nurlari to'g'ridan to'g'ri tushadigan bo'lsa yahshi. Yozda ochiq havoda yashi o'sadi (bog'da yoki balkonda). Albatta soyada bo'lishi muhim.
Zamiakolkus gulining narxi qancha
ОтветитьУдалить