понедельник, 8 августа 2016 г.

Diffenbaxiya

Diffenbaxiya - aroidlar oilasiga mansub doimiy yashil o'simlik turi bo'lib, u asosan amerika qit'asining tropik qismida tarqalgan. Diffenbaxiya gulining nomi Avstriyalik botanik Genrix Vilgelm Shott tomonidan Venadagi Shenbrunn saroyining bosh bog'boni Yozef Diffenbax sharafiga qo'yilgan. Tabiatda diffenbaxiyaning 40 dan ortiq turi mavjud. Xonaki diffenbaxiya tez o'sishi bilan ajralib turadi. Uning ayrim turlari atigi 5 yil davomida 2 metr va undan balandroq o'sishi mumkin.

Diffenbaxiya yo'gon va sersuv tana, yirik ovalsimon barglarga ega o'simlik bo'lib asosan tepa qismi o'suvchi xisoblanadi. Lekin ayrim diffenbaxiyalarda uyqudagi qismlar ildizga yaqin joylashgan bo'lib, ular butalab ko'payish xususiyatiga ega

Diffenbaxiyaning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib uni o'stirishdan oldin ushbu xususiyatlar bilan tanishib shiqish lozim. Xonaki diffenbaxiya quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • Diffenbaxiya zaharli o'simlik hisoblanadi, shuning uchun uni kesish va ko'chirib o'tkazishda extiyot choralariga e'tibor berish lozim.
  • O'simlik tez o'sishi bilan ajralib turadi. Qulay sharoit yaratib berilsa har xaftada bittadan barg o'sib chiqishi mumkin. O'simlik yuqoriga o'sgani sari pastki qismidagi barglari tushib ketadi, shi sababli uni kesish va keyinchalik qalamcha qilib ko'paytirish zarur.
  • Diffenbaxiya xavoning keskin sovib ketishini va yelvizakni yomon ko'radi, namlikni esa yoqtiradi.
  • Diffenbaxiya oxakni yoqtirmaydi shu sababli sug'orish va barglarga sepish uchun mo'ljallangan suv tindirilgan yoki filtrlangan bo'lishi zarur. Ushbu maqsadlarda qaynatilgan yoki yomg'ir suvini ham ishlatish mumkin.
Mazkur xususiyatlar nisbatan noqulaydek tuyulsada ular diffenbaxiyaning chiroyi va ko'rkamligi oldida arzimas bo'lib qoladi.

Diffenbaxiya to'g'ridan to'g'ri quyosh nurlaridan ximoyalangan lekin yorug'lik bir maromda tarqalgan yorug' joyni xush ko'radi. Barglari oq aralashgan anvoyi tusli diffenbaxiyalarga oddiy yashil barglilarga nisbatan ko'proq yorug'lik kerak, aks xolda ularning tabiiy rangi siniqa boshlaydi (ocharib ketadi). Mazkur o'simlik uchun eng ma'qul joy yaxshi yorug'lik tushadigan oynadan 1-2 metr masofada joylashtirish xisoblanadi. Bundan uzoqda joylashtirilganida qo'shimcha yoritish moslamalaridan foydalanish zarur.


1 комментарий:

  1. Titanium nose stud - Titanium-Arts
    The ttite does titanium tarnish stud is the type titanium hair trimmer of a steel plate with titanium septum jewelry thin, smooth teeth titanium bars and smooth edges. The metal plate features a $9.99 · ‎In tube supplier stock

    ОтветитьУдалить